
Yamal bugun yana bir muhim sovrinni qo‘lga kiritadi
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining 17 yoshli hujumchisi Lamin Yamal "Golden Boy" mukofotini qo‘lga kiritadi. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar bermoqda.
Ushbu sovrin sohibi bugun e’lon qilinadi. Mazkur mukofot Evropadagi yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladi. Uni Italiyaning "Tuttosport" gazetasi topshiradi.
Ma’lumot uchun, ushbu sovrinning amaldagi sohibi "Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingemdir.
Fikrlar