XXI asrda Gvardiola "Qirollik klubi"ni engish bo‘yicha haqiqiy professional!

  • 8 avgust, 2020, 02:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" klubi "Real"ni Chempionlar ligasidan chiqarib yubordi.

Tecno

Inglizlar musobaqa nimchorak finalining ikkala uchrashuvida ham 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Gvardiola murabbiy sifatida "Real"ni 11-marotaba engdi. Uning jamoalari Madrid klubiga 4 marta mag‘lub bo‘lib, bir bor durang o‘ynagan.

Kataloniyalik mutaxassis XXI asrda "Real"ni ko‘p bor mag‘lub etgan murabbiylar ro‘yxatida etakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlar, 9 martadan "qaymoqranglilar"ni dog‘da qoldirgan Ernesto Valverde va Diego Simeonega tegishli.

Gvardiola "Man Siti"dan tashqari, "Bavariya" va "Barselona" klublarini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!