Xushxabar! Og‘ir vazn toifasidagi bokschimiz ham jahon chempioni bo‘ldi

  • 23 aprel, 2021, 22:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Polsha mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati ham o‘z yakuniga etdi. So‘ngi final jangi +91 kg vazn toifasidagi vakilimiz Jahongir Zokirov ishtirokida bo‘ldi. U jahon chempionligi uchun armanistonlik Xovanes Papazyanga qarshi ringga ko‘tarildi.

Tecno

Kelajakda Bahodir Jalolovning munosib o‘rinbosari sifatida qaralayotgan,  Jahongir Zokirov uch raund mobaynida raqibiga nisbatan katta ustunlikka erishib, uchinchi raundda raqibini nokaut holatiga ham tushirdi va haqli ravishda g‘alabaga erishdi. Shu tariqa yurtdoshimiz boks tarixidan 2021 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining  +91 kg vazn toifasidagi g‘olibi sifatida o‘rin oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!