
Xuan Matani Saudiya Arabistoniga chorlashmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata faoliyatini Evropa tashqarisida davom ettirishi mumkin.
Daily Express nashrining yozishicha, 32 yoshli ispaniyalik futbolchiga Saudiya Arabistoni klubidan yaxshigina taklif bo‘lmoqda. Aniqrog‘i, nomi oshkor etilmayotgan Saudiya jamoasi unga yiliga 12,7 mln evro maosh va’da qilmoqda.
Mataning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.
Fikrlar