
Xorxe Masvidal: "Usman Kolbi Kovingtonni sindirib tashlaydi"
UFC yarim o‘rta vazn toifasi vakili Xorxe Masvidal divizion chempioni Kamaru Usman va Kolbi Kovington o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jang borasida o‘z taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Menimcha, Kamaru Kovingtonni yana mag‘lub etadi. Kolbi "teyk-daun"larni amalga oshirishga harakat qiladi. Ammo bu uning uchun minus bo‘ladi. Kurashchilarga qarshi uning chidamliligi o‘zi xohlaganidan ham tezroq tugaydi. Shuning uchun u birinchi jangda Kamaruni yiqitishga urinmadi. Buning uchun juda ko‘p energiya kerakligini bilardi.
Agar Usmon birinchi raqamda ishlasa va jangga yaxshi tayyorlansa, u yana Kovingtonni sindirib tashlaydi. Kamaru boks borasida ham mahoratini yaxshilab oldi, endi uning qo‘llari kerak bo‘lgan joyda harakatlana oladi. U o‘ziga har qachongidan ham ko‘proq ishonadi. O‘ylaymanki, Usman Kovingtonni muddatidan oldin mag‘lub etadi ", - dedi Masvidal.
Usman va Kovington o‘rtasidagi birinchi jang 2019 yil dekabrd oyida bo‘lgan va unda nigeriyalik jangchi beshinchi raundda Kovingtonni nokautga uchratgandi.
Fikrlar