Xorijlik murabbiy: Yaxshiboev masjiddan keliboq, gol urib bergandi...

  • 28 oktabr, 2024, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasida yil kashfiyotlaridan biri Jasurbek Yaxshiboev bo‘ldi. 2024 yilning boshida amaldagi chempion “Ordabasi” jamoasiga qo‘shilgan o‘zbek futbolchisi debyut mavsumidayoq jamoa etakchisi va to‘purariga aylandi.

Tecno

Ayni paytda Ukrainaning “Krivbass” jamoasini boshqarayotgan taniqli murabbiy Yuriy Vernidub Qozog‘istonning fanday.kz saytiga bergan intervyusida ilgari o‘z qo‘l ostida o‘ynagan o‘zbekistonlik Jasurbek Yaxshiboev faoliyatini kuzatib borayotganini ma’lum qildi.

Sports.uz portali ukrainalik mutaxassisning legionerimiz haqidagi fikr-mulohazalarini o‘zbekstonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

– Yuriy Nikolaevich, sizning qo‘l ostingizda to‘p tepgan Jasurbek Yaxshiboev haqida nimalar esingizda qolgan?

– Ilk bor uni Belarus chempionatida Soligorskning “Shaxtyor” jamoasini boshqarganimda ko‘rganma. O‘shanda Yaxshiboev “Energetik-BGU”da o‘ynardi. O‘sha jamoada uch nafar o‘zbek futbolchisi – Jasurbek Yaxshiboev, Shahboz Umarov va Humoyunmirzo Eminov bor edi. Ularning hammasi top o‘yinchilar bo‘lgan.

O‘shanda bunaqa futbolchilarni qaerdan topishadi, deb o‘ylaganman. O‘zbek futbol maktabi juda sifatli hisoblanadi.

Oxir-oqibat biz “Shaxtyor”ga Yaxshiboevni oldik. Juda iqtidorli o‘yinchi, texnikasi, tezligi, maydonni ko‘ra olish qobiliyati juda yaxshi darajada. Ayniqsa, chap oyoq zarbasini alohida ta’kidlash kerak. U barcha standartlarni ijro etishi mumkin  va o‘yinda ham har ikki oyoqda aniq va kuchli zarba bera oladi.

– Yaxshiboevning kuchli tomonlarini aytdingiz, u qaysi jihatlarini kuchaytirishi kerak?

– Biroz jismoniy tayyorgarligini kuchaytirishi kerak.Bundan tashqari, Jasurbek himoyada ham oxirigacha kurashishni o‘rgansa, yaxshi bo‘lardi. U mening jamoamdan markaziy hujumchi yoki 10-raqam pozitsiyada o‘ynardi. Aynan mana shu holatda ortga qaytib, himoyada ishlashni oxiriga etkazmagan. Shuning uchun undan ko‘proq markaziy hujumchi sifatida foydalanish yaxshi echim.

– “Ordabasi”da uni markaziy hujumchi emas, ko‘proq o‘ng qanot hujumchisi sifatida o‘ynatishyapti...

– Hozir maydonda shunaqa tendentsiya paydo bo‘lgan. Futbolchi chap oyoqda zo‘r o‘ynay olsa, uni o‘ng qanotga qo‘yishadi yoki aksincha. Bu o‘yinchi markazga ko‘chib, kuchli oyog‘ida darvozaga zarba berishi uchun qilinadi. Bunga Lionel Messini misol qilishimiz mumkin.

– Yaxshiboev haqida yana qanaqa qiziqarli narsalar aytib bera olasiz?

– Jasur – musulmon. Men hamma dinlarni hurmat qilaman. Biroq musulmonlarga qo‘yiladigan talablar, nasroniylarnikidan farq qiladi. Ularda Ramazon oyi bor va ular kunduzi hech narsa iste’mol qilmaydi. Quyosh botganidan keyin engil biron nima eb oladi.

Ramazon tugaganidan keyin futbolchilar biroz bo‘shashib qoladi. Bu holatda men ularni tushunishga harakat qilaman va Yaxshiboevga boshqalarga qaraganda kamroq yuklama berardim.

Soligorskda masjid yo‘q, faqat Minskda bor. Bir marta o‘yin kuni Yaxshiboev masjidga borib kelishga ruxsat so‘radi va “Bormasam, o‘ynay olmayman”, dedi. Borib-kelishiga ruxsat berdim. Chunki bir yarim soatlik yo‘l edi.

Jasur Yaxshiboev masjidga borib kelib, uchrashuvda zo‘r o‘ynab berdi va gol ham urdi. Balki ibodat haqiqatan natijaga erishishiga yordam berar, deb o‘ylab ham qoldim.  

Davomi bor...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!