Xorazmlik iste’dod vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi... Ertaga jang!

  • 18 yanvar, 2020, 11:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Avval xabar berib o‘tganimizdek, ertaga Janubiy Koreyada 61 kg vazn toifasida faoliyat yuritadigan, iste’dodli professional bokschimiz Abdurasul Ismoilov (7-6-1-0-3KO) xitoylik Nuo Min bilan 6 raundlik reyting jangida ringga ko‘tariladi. Yurtdoshimizning bu galgi raqibi anchagina jiddiy bo‘lib, u ham mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. U profi ringda uch marotaba jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Mazkur jang avvalida an’anaviy vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz: Ismoilov Janubiy Koreyaning Cocky Buffalo promousheni bilan hamkorlik qiladi. Ayni vaqtda Vetnamda Bobur Najmiddinov qo‘l ostida janglarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

kkkkkkkkkkkkkkkkkkk_1

k1

k

e

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сурхон Барлос
18/01/2020 14:06
Чўгирма Ўзбек миллий бош кийимларидан бири....