Xolandni olib kelsam, menga 100 million evro berasizlar!

  • 28 mart, 2022, 17:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” hujumchisi Erling Xolandning agenti Mino Rayola “Barselona”ga qo‘shimcha talab qo‘ygani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Kataloniya klubi bu futbolchini olish uchun dortmundliklarga badal puli, Xolandga katta maosh to‘lashdan tashqari, uning agenti Mino Rayolaga qo‘shimcha 100 million evro komissiya berishi talab qilinmoqda. Rayol bu pulning teng yarmini futbolchining otasi Alf-Inge hisob-raqamiga o‘tkazib beradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar Mino Rayolaning bu talabini qondirishga tayyor emas.

Shu bois, Joan Laporta boshqa o‘yinchi topish haqida topshiriq bergan. “Barselona” mutasaddilari Xoland o‘rniga Muhammad Saloh yoki Robert Levandovski transferini uyushtirishga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!