
Xoland uchun etarli pulni topamiz!
Moliyaviy inqirozdan chiqa olmayotgan “Barselona” zamonaviy futbolning eng qimmatbaho o‘yinchilaridan bo‘lgan Erling Xolandni transfer qilish fikridan qaytgan yo‘q.
Klub prezidenti Joan Laporta “Borussiya” yulduzining transferi uchun etarli pul topishga va’da berdi. U norvegiyalik to‘purar uchun xarajatlarni homiylar hisobidan qoplashni rejalashtirmoqda.
Yaqinda kataloniyaliklarning ashaddiy raqibi “Real” Xolandni olishga harakat qilmasligini bildirgandi.
21 yoshli to‘purarning o‘zi Angliyadan jiddiy takliflar bo‘layotganiga qaramay, Ispaniya chempionatida to‘p tepishni istayapti.
Fikrlar