Xoland so‘nggi o‘yinlarda o‘ziga yarashmaydigan statistika qayd etmoqda

  • 14 yanvar, 2023, 21:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yulduzi Erling Xoland ancha yomon statistika qayd etmoqda.

Tecno

Gap shundaki, norvegiyalik hujumchi APL 20-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi bellashuvda maydonni golsiz tark etdi. Butun o‘yin davomida u atigi 2 bor de Xea postiga zarba berdi.

Bu yosh forvard uchun raqib darvozasi ishg‘ol etilmagan ketma-ket uchinchi bahs sifatida tarixga kirdi. Avvalroq, u "Sautgempton" hamda "Chelsi" jamoalariga qarshi uchrashuvlarda ham gol ura olmagandi. 

22 yoshli Xoland joriy mavsum "shaharliklar" libosida barcha turnirlar doirasida 30 o‘yinda maydonga tushdi. Bu bellashuvlarda u o‘z hisobiga 33 gol va 4 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!