Xoland ketaver, o‘rningga zo‘ri bor!

  • 26 oktabr, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Erling Xoland ayni paytda “Manchester Siti” bilan 2027 yilgacha belgilangan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Tecno

Tomonlar hali bir to‘xtamga kelgani yo‘q. Shu bois, “shaharliklar” norvegiyalik futbolchi bilan xayrlashish masalasini ham o‘rganib chiqmoqda.

Agar Xoland o‘zi mo‘ljallayotgandek Ispaniya chempionatiga ketib qolsa, manchesterliklarga muntazam gol ura oladigan boshqa forvard kerak bo‘ladi.

TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” ana shunday o‘yinchini Portugaliya chempionatidan topdi. Ularga “Sporting” hujumchisi Viktor Dyokeresh nomzodi ma’qul keldi.

26 yoshli shved futbolchisining portugaliyalik bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan. Biroq bu transferni 70 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga amalga oshirish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!