
Xoland kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi
“Borussiya” hujumchisi Erling Xoland mavsum yakunlanganidan keyin Angliya premer-ligasi jamoalaridan biriga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.
Dortmundliklar norvegiyalik hujumchini ashaddiy raqib – “Bavariya” o‘ziga og‘dirib olmasligi uchun uning boshqa chempionatga o‘tish fikrini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kelasi yozda Xolandni 75 million evroga olish imkonini beruvchi band kuchga kiradi va bu to‘purarning bozori qaynashiga turtki bo‘ladi.
Xoland yangi mavsumni ham muvaffaqiyatli boshladi va “Ayntraxt”ga qarshi bahsda ikkita gol urib, uchta golli pas oshirdi va jamoasining 5:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Fikrlar