Xoland “Borussiya”ga shart qo‘ydi!

  • 21 fevral, 2021, 17:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” rahbariyati yozda Jeydon Sanchoni sotib, Erling Xolandni tarkibda saqlab qolishga qaror qilgan edi.

Tecno

Biroq, norvegiyalik hujumchi klubda qolishi uchun rahbariyat oldiga shart qo‘ydi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Borussiya” Evropa Chempionlar ligasining navbatdagi bosqichiga chiqa olmasa, yozda Dortmundni tark etishi bildirgan.

Hozircha, “Borussiya” musobaqa jadvali Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rinlardan chetda qolmoqda.

Erling Xolandga “Real” va “Chelsi”dan jiddiy qiziqish bor. Shuningdek, dortmundliklar ham futbolchi bilan besh yillik yangi shartnoma imzolash harakatida. Biroq, to‘purarning agenti Mino Rayola bu muddat ichida Xolandga 90 million evro maosh talab qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!