
Xoland “Barsa”ga kerak emasmi?
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoani kuchaytirish uchun olinishi rejalashtirilayotgan ikki hujumchidan birini tanlashiga to‘g‘ri keldi.
Niderlandiyalik mutaxassis qator grand klublarning orzusiga aylangan Erling Xolandni taklif qilishdan voz kechib, “Inter” hujumchisi Romelu Lukakuni tanladi. Kuman belgiyalik hujumchining katta tajribaga ega ekaniga qiziqmoqda.
Shunday bo‘lsa-da, Lukakuni olish oson bo‘lmaydi. Birinchi navbatda, “Inter” rahbariyati jamoaning asosiy to‘purariga aylangan hujumchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmasligini bildirgan. Shuningdek, Lukakuning o‘zi ham milanliklar bosh murabbiyi Antonio Konte qo‘l ostida yangi bosqichga ko‘tarilganini his qilib, klubdan ketmoqchi emas.
Yaqinda mohir hujumchi “Manchester Siti” taklifini ham rad etib, fikridan qaytmasligini namoyish qildi.
Biroq, qaysi to‘purarni olishni Joan Laporta hal qiladi. U Xoland transferi tarafdori. Yaqinda yangi rahbar norvegiyalik hujumchini olish uchun besh nafar futbolchini sotib yuborishga tayyorligini e’lon qilgandi.
Fikrlar