Xoland avval hech kim erishmagan rekordni qayd etdi

  • 23 sentabr, 2024, 09:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining beshinchi turida o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida chempionlik uchun kurashdagi asosiy raqobatchisi “Arsenal” bilan kuch sinashdi.

Tecno

To‘rtta gol urilgan bahsda durang qayd etildi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida hisobni ochgan Erling Xoland to‘purarlik borasida yangi rekord sohibi bo‘ldi.

Norvegiyalik forvard Angliya Premer-ligasida mavsumning beshinchi uchrashuvidayoq gollari sonini o‘ntaga etkazib oldi. Ilgari hech bir futbolchi bunday ko‘rsatkichni qayd eta olmagan. Bu haqda Squawka statistika markazi axborot tarqatdi.

Qolaversa, “Arsenal” darvozasiga kiritilgan to‘p 2022 yildan beri “shaharliklar” safida o‘ynab kelayotgan Erling Xoland uchun jamoadagi 100-gol bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!