
Xoland aslida “Manchester Yunayted”ga o‘tishi kerak bo‘lgan ekan!
“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoani o‘zi boshqargan davrda “Old Trafford”ga olib kelmoqchi bo‘lgan futbolchilarning nomini oshkor qildi.
- Transfer bo‘yicha ro‘yxatimiz yo‘q edi. Klub rahbariyati mendan keladigan futbolchilar ro‘yxatini shakllantirishni ham so‘ramagan. Aslida har bir chiziqni kuchaytirish ehtiyoji borligi ko‘rinib turgandi.
Men o‘sha paytda Yoshko Gvardiol va Kristofer Nkunku singari “Leyptsig” futbolchilari bilan muzokara boshlab qo‘ygandim. Shuningdek, Alvaro Morata, Lukis Lias va Dushan Vlaxovich bilan ham gaplashganman.
Avval aytganimdek Erling Xolandni ham olish imkoni bor edi. Bularning bari amalga oshirsa bo‘ladigan transferlar edi.
Shunga qaramay, klub tarkibni qayta qurishni yangi bosh murabbiy davrigacha cho‘zishni ma’qul ko‘rdi, - dedi Ralf Rangnik.
Fikrlar