
"Ximik" bosh murabbiyi: Mavsumdagi eng yomon o‘yinimizni o‘tkazdik
"Bugun Toshkentda quyosh chiqdi va yigitlar bu quyoshda biroz omadga ega bo‘lishdi. Ular bugun makkajo‘xori dalasi birinchilida o‘ynash uchun tushganday harakat qilishdi, tizimsiz. Muxlislarimiz oldida uzr so‘rayman. Boisi bu 34 o‘yin ichidagi eng yomon uchrashuvimiz bo‘ldi. Biz tushunamiz va xulosa qilamiz. Raqibni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman.
Kechagi bahsda muzga tushgan Trushkovda jarohat bor edi. Skovronskiy ham o‘ynashi kerak. Shunchaki rotatsiya qildim.
Bugungi bahsni kechagisi bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Kecha biz bugungidan farqli o‘laroq bir qator xavfli vaziyatlarga ega bo‘lgan edik. Bugun biz xokkey o‘ynash uchun chiqdik, g‘alaba uchun emas", - dedi Gorbenko.
Fikrlar