Xeyterlarga salomlar! "Chelsi" MYuni quvib o‘tdi va Evropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurashadi

  • 5 may, 2024, 23:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi APL 35-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Vest Xem" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda "aristokratlar" 5:0 hisobida zafar quchdi. 

Ayni damda londonliklar APL turnir jadvalida 54 ochko 7-o‘rinni band etib turibdi. Bitta kam bellashuv o‘tkazgan va shuncha ochkoga ega MYu 8-pog‘onadan joy olgan. Bundan tashqari, 6-o‘rinda (Evropa yo‘llanmasini kafolatlovchi o‘rin) "Nyukasl" bormoqda. 

Agar Pochettino shogirdlari qolgan bellashuvlarda ham yuqori temp namoyish etib, g‘alaba qozonsa, shuningdek, "qizil iblislar" va "qarg‘alar" ochko yo‘qotgan taqdirda, "Chelsi" o‘ta omadsiz deb qaralayotgan mavsumda Evropa ligasiga yo‘l olishi mumkin. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!