
Xenderson: "Hammasi barbod bo‘ldi"
Jordan Xenderson Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Liverpul"ning "Real"ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyati haqida gapirdi.
"Bunday o‘yindan so‘ng darhol xulosa qilish qiyin. Birinchi bo‘limning katta qismida yaxshi o‘yin namoyish qildik va tanaffusga durang bilan chiqqanimiz achinarli holat edi. Biz juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. "Real" ularning har biri uchun jazoladi.
2:0 hisobida oldinda borayotgan paytimizda yana bir qulay imkoniyat bo‘lgandi. Biroq himoyachi to‘pni deyarli chiziqdan olib chiqdi. Agar o‘sha vaziyatda gol bo‘lganida, hammasi boshqacha tus olardi.
Bizga urilgan ikkinchi gol xato tufayli vujudga keldi, uchinchisi esa bizni qattiq xafa qildi. Shundan so‘ng hammasi barbod bo‘ldi", - dedi Mersisayd klubi sardori.
Fikrlar