Xayrulla Hamidov: “Paxtakor”ning Osiyo grandlariga qarshi bahsda oxirigacha o‘ynab bera olmayotganligiga bosh sabab – milliy chempionatda raqobatning yo‘qligi! Bunda Superligaga ko‘proq aybni qo‘ygan bo‘lardim

  • 31 oktabr, 2020, 15:20
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, SPORTS.uz sayti taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov bilan hamkorlik qilmoqda. Xayrulla Hamidov o‘zbek va xorij futbolida ro‘y bergan voqeliklarga o‘z munosabatini bildiradi. Sharhlovchi bu gal “Paxtakor”ning OChLdagi ishtirokini tahlil qildi. Unda jamoaning mag‘lubiyatiga asosiy sabab va boshqalar borasida fikrlarini taqdim etdi.

Tecno

Quyida SPORTS.uz sayti tomonidan berilgan savollarga Xayrulla Hamidovning javobini o‘qishingiz mumkin.

– “Paxtakor” o‘zimizda shunday kuchli jamoa-ki, “sherlar” biror marta uchrashuv davomida o‘yin usulini o‘zgartirmagan yoki o‘zgartirishi kerak bo‘lmagan. Shu nuqtai nazardan “Persepolis” bilan bahsda Arveladzega o‘yinga o‘zgartirish kiritilishida tajriba etishmadimi?

- Bu erda hozir har xil taxminlar yangrayveradi. Chunki natija bor. “Paxtakor” va Shota Arveladze natijani ustida turibdi. Lekin unday bo‘lganda, bunday bo‘lardi, deyayotganlar mavhumlik haqida gapirmoqda. Shuning uchun biz bor narsaga yo‘q taxminni qarshi qo‘ymoqdamiz. Buni noto‘g‘ri, deb o‘ylayman. Sababi qizil kartochkani chetga surib qo‘ysak, nisbatan natija qo‘lga kiritildi. Shu tomondan o‘sha kuni “Paxtakor” va murabbiylar shtabi asosiy tarkibga ishonishdi. Ya’ni jarga tushib ketayotgan jamoani shu yigitlarning o‘zi olib chiqadi, degan taxminda qolishdi. Agarda qaysidir zarba o‘xshab qolganida yoki “sherlar” birinchi bo‘lib gol urganida, ularning ishi to‘g‘ri bo‘lib chiqardi. Hozir endi uni noto‘g‘ri deyilmoqda. Agarlarni hisobga olsak, toshkentliklar yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrashi mumkin edi. Qizil kartochka ko‘rsatilgan lahzada murabbiylar maydondagi 10 futbolchiga qattiq ishonishdi. Natijada “Persepolis” ustunlik qildi.

Xayrulla Hamidov OChLda “Paxtakor”dan nimalar kutgandi? Jamoaning musobaqadagi ishtirokini qanday baholaydi?

8491572533303

- Bizni ligada birorta klub jismonan Evropa darajasida bo‘lmasa xam, nisbatan yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo‘lsa, hech kanaka taktikasiz chempionlikka erishishi mumkin. Chunki aksariyat klublarimiz yukori dinamikada 90 emas, 45 daqiqa o‘ynay oladi xolos. Agar “Paxtakor”ning maqsadi OChL bo‘lsa, jismoniy tayyorgarlikka urg‘u berish kanchalik to‘g‘ri? Chunki Osiyodagi top klublarning ham tayyorgarligi “Paxtakor”dan o‘tsa o‘tadiki aslo qolishmaydi. Arveladzening "Paxtakor"dagi faoliyatida taktik tomondan biror narsa yoki ko‘rinmayapti, yoki biz ko‘rolmayapmiz.

- Albatta, jismoniy tomondan kuchli “Paxtakor”ning o‘yinini kutamiz. Shunday bo‘lsa yaxshi, deb hisoblaymanku, lekin “sherlar” qaysi chempionatda ishtirok etayotganini ham esdan chiqarmasligimiz kerak. Chempionlik uchun kurashadigan raqobatchi chiqmasa, “Paxtakor” shunday davom etaveradi. U o‘zidan baland saksashining imkoniyati yo‘q. Ya’ni bir insonning hayotida raqobatchisi bo‘lmasa, unda o‘sish kuzatilmaydi.

Toshkentliklar OChL sabab tarkibidagi katta futbolchilarni ushlab turibdi, sotib yubormadi. O‘yinchilarning aksariyati chempionlar ligasi uchun olingan. “Paxtakor” xalqaro musobaqani o‘ylagan va shuning uchun sal bo‘lsa ham mazmunli o‘yin ko‘rsatdi.

Zo‘r bo‘lishi uchun milliy chempionat ham zo‘r bo‘lishi kerak. Bizning ligamiz kuchli paytlari klublarimiz OChLda muvaffaqiyatli harakat qilishgan. Ya’ni “Bunyodkor” va “Paxtakor”ning shu turnirda yarim finalga chiqqaniga e’tibor qilsak, milliy birinchiligimizda chempionlik uchun kurash oxirigacha kechgan. Shu bois o‘ylaymanki, “Paxtakor”ning kerakli miqdorda so‘nggi soniyalargacha Osiyo grandlariga qarshi o‘ynab bera olmayotganligiga bosh sabab – milliy chempionatda raqobatning yo‘qligi! O‘z ligasida jamoa raqiblarini yarim kuch bilan engsa-da, keyin u butun kuchini ham ishlata olmay qoladi. Shuning uchun bunda “Paxtakor”dan ko‘ra Superligaga ko‘proq aybni qo‘ygan bo‘lardim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
31/10/2020 15:52
uta kulgulik mulohaza chempionatimiz kuchli bulishi uchun avolom bor haqiqat bulishi kerak. oddiy misol Pahtakot utkan yil 2 ta uyinni kuringla Nasafka qarshi nima qilgan sudiya. unday bulganidan keyin uyindan oldin klubla yutqazishini tan olib chiqadida. sahal bulsa ham faziyatka fijdonan yondoshsaydi. PFL hodimlari biza davno. Jahon chempionatiga yurgan bulardik
Алишер Собиров
01/11/2020 11:49
Хайрилоо укам буни сабаби турлича...эсласак Нефтчи олий лигадагида 4..5 жамолар осие грандлари билан бемалал уйнашарди.ушанда Нефтчи уйинларини шархлаганизда негатив фикрлариз Нефтчи томонга буларди охири Нефтичин тугатиларинг.энди буни давоси....вохада водийда 3тадан бакуват жамо булмаса Узбек футьол угнолмайди.хпмма пул пойтахта.яна бир мисол локаматив хамийси уз темирйулми пул хамма вилоят жамоларига таксимлаш керак.бу мен фикрм ответ керак эмас
Расулжон Тоштемиров
31/10/2020 19:43
Пахтакор узи айибдор Хамма яхши 3 та командани уйинчиларни йигиб олган пули куп колганлар кандай ракобат килишсин, Пахтакор гигамон хаммаси улар тарафку
&
Rustamov Dilmurod
31/10/2020 16:37
Hayrulla Aka fikringiz juda toʻgʻri chempionat saviyasi juda pas demak bunga PFL Raxbariyati ayibdor kuzatib turishdan boshqa hech narsa yoq kulublarimizda Xam maqsad yoq pahtakorga qarshi turishni PFL ga qarshi turish deb bilishadi baribir rivojlantirish uchun nimadandir voz kechish kerak Umid Ahmadjonov buni boshlagan edi ming avsus davam ettira olmadi darvoqe Xayrulla Aka sport kanalidan ketib juda toʻgʻri qildingiz chunki sizning saviyangiz bu darajada past emas UZUR
&
Rustamov Dilmurod
31/10/2020 16:37
Hayrulla Aka fikringiz juda toʻgʻri chempionat saviyasi juda pas demak bunga PFL Raxbariyati ayibdor kuzatib turishdan boshqa hech narsa yoq kulublarimizda Xam maqsad yoq pahtakorga qarshi turishni PFL ga qarshi turish deb bilishadi baribir rivojlantirish uchun nimadandir voz kechish kerak Umid Ahmadjonov buni boshlagan edi ming avsus davam ettira olmadi darvoqe Xayrulla Aka sport kanalidan ketib juda toʻgʻri qildingiz chunki sizning saviyangiz bu darajada past emas UZUR