Yangi bosh murabbiy Husanovga imkon beradimi?

  • 21 iyun, 19:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da o‘ynayotgani bois o‘zbekistonliy futbol ishqibozlari bu jamoa atrofidagi voqealarni muntazam kuzatib bormoqda. Sports.uz portali buni inobatga olgan holda muxlislarimiz e’tiboriga “shaharliklar”ga oid xabar va ma’lumotlarni e’lon qilishni davom ettiradi.

Tecno

Grand klublar doimiy tarzda har bir o‘yinchiga munosib o‘rinbosar qidirish bilan shug‘ullanadi. Hatto, bunday katta jamoalar amaldagi bosh murabbiy shartnomasini tugatmay turib, uning kursisini egallaydigan boshqa mutaxassisni ham topib qo‘yadi.

Ayni paytda “shaharliklar” bilan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan Xosep Gvardiolaning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Ispaniyalik mutaxassis bu muddatdan keyin jamoani topshirishini bildirgan. Jamoa natijasiga o‘tgan mavsumdagidek inqirozga yuz tutsa, xayrlashish onlari tezlashib ketishi ehtimoli yo‘q emas.

Gvardiola yuz bergan inqirozdan chiqish uchun tarkibni yangilashga qaror qilgan. Bu o‘zgarishlar 20 yanvarda Abduqodir Husanovning kelishi bilan boshlanib, hali hamon davom etyapti.

Evropadagi bir nufuzli manbalarning ta’kidlashicha, “Manchester Siti” rahbariyati hozirdan Gvardiola o‘rnini egallaydigan mutaxassis topib qo‘ydi. Football Transfers nashriga ko‘ra, manchesterliklar kelajakda jamoani boshqa ispaniyalik mutaxassis Sesk Fabregasga topshirmoqchi. Murabbiylik faoliyatini yaqinda boshlagan va A Seriyada “Komo”ni boshqarayotgan Fabregas kurashuvchan jamoa shakllantirish, yulduz futbolchilar bilan til topishish va har qanday vaziyatda ham xotirjam va sovuqqon tarzda qaror chiqara olishi bilan mutasaddilar e’tiborini tortdi.

38 yoshli mutaxassis futbolchilik davrida Angliya Premer-ligasida ham porlaganini inobatga olsak, u ingliz futbolini yaxshi biladi. Xo‘sh, agar murabbiy almashsa, yangi ustoz Abduqodir Husanovga imkon berarmikin? Chunki legionerimizning shartnomasi 2029 yilning yarmigacha tuzilgan va klub rahbariyati kelajakda ham Abduqodirga ishonch bildirishi aytilmoqda.

APL “Manchester Siti”ni jazoladi

Angliya Premer-ligasi “Manchester Siti”ni chempionat reglamentini bir necha bor buzgani uchun jazolashga qaror qildi.

“Shaharliklar” qo‘yilgan ayblarni tan oldi va tomonlar qo‘llaniladigan sanktsiyalar bo‘yicha ham kelishuvga erishdi.

Gap shundaki, 2024-2025 yilgi chempionatda manchesterliklar to‘qqizta marta uchrashuvni va ikkinchi bo‘limni o‘z vaqtida boshlash qoidasini buzgan. Gvardiola jamoasi to‘qqizta o‘yinning tanaffusin cho‘zib yuborgan.

Bundan tashqari, “shaharliklar” liga doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvning boshlanish vaqtiga ham kech qolgan.

Angliya Premer-ligasi bu qoidabuzarliklar uchun klubni 1,08 million funt miqdorida jarima tortdi.

Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola shogirdlari o‘tgan chempionatni uchinchi o‘rinda yakunlab, Evropa Chempionlar ligasining yangi mavsumiga yo‘llanma olgan edi.

Mashhur yulduz Husanov bilan o‘ynaydigan bo‘ldi

Xosep Gvardiola jamoa sardorlari – Kayl Uoker va Kevin de Bryuynening ketganini inobatga olib, AQSh mezbonlik qilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan Bernardu Silvaga sardorlik mas’uliyatini yukladi.

E’tiborli jihati shundaki, portugaliyalik futbolchi ham boshqa klubga o‘tishi haqida ma’lumotlar tarqatilayotgan edi.

Biroq klub bilan yana bir yillik shartnomasi qolgan Silva Manchesterda qolishga qaror qilganini bildirdi.

- Yangi mavsumni men aniq “Manchester Siti”da o‘tkazaman. Qolishga qaror qildim. Menda avvalgi yil ham, bu yozda ham turli variantlar bo‘ldi. Lekin tanlovim – “Manchester Siti”da qolish, - dedi Bernardu Silva.

Bernardu Silva 2017 yildan beri “Manchester Siti” safida to‘p tepib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.

Husanovning birinchi raqibi aniq!

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining yangi mavsumini  qaysi jamoaga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.

Insayder Sem Sining ma’lum qilishicha, “shaharliklar” chempionatning ochilish uchrashuvida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Xosep Gvardiola shogirdlari birinchi turni safarda “Vulverxempton”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv sanasi va boshlanish vaqti keyinroq aniqlanadi.

Ta’kidlash joizki, “Manchester Siti” o‘tgan mavsumda ketma-ket to‘rt yil davom etgan chempionlikni “Liverpul”ga boy berdi. Manchesterliklar chempionatning birinchi davrasida yuz bergan inqiroz tufayli ko‘p ochko yo‘qotib qo‘ydi.

Biroq qishki transferlar davrida jamoaga Abduqodir Husanov, Umar Marmush, Niko Gonsales va Vitor Reysning qo‘shilishi orqali yangilanish davri boshladi. Buning samarasida Gvardiola shogirdlari chempionatni uchinchi o‘rinda yakunlab, Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

Talash bo‘layotgan Shomurodovning transfer bozoridagi narxi ko‘tarila boshladi!

Shomurodov kuchayib ketdi...

“Top-5” yoki Turkiya: Shomurodov qaysi jamoani tanlagani ma’qul?

Nima bo‘ldi? Bir jamoa birdaniga zo‘r o‘ynab turgan to‘rt legionerimiz bilan xayrlashdi!

Shomurodovning transferini kim hal qiladi?
Shomurodov “bomba” transfer bo‘ladi! Evropaning mashhur ligasida Eldorni kutishyapti
O‘tkir Yusupovning bu “ishi”ni hech kim unutmaydi!

Fayzullaevni jamoaga olishni istashmagandi...

Fayzullaev “Real” va “Barsa”ni tanladi!

Legionerimiz Evropada yurish qilishga tayyor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
21/06/2025 21:40
Админ янги мураббий ким
Baxil Alihuja
21/06/2025 23:48
маколани ёзганга отники
киладиган бошка ишинг йук-ми?