
Xayrulla Hamidov: Abramov tarkib uchun muhim o‘yinlardagi natijalar bilan javob beradi
Taniqli jurnalist Xayrulla Hamidov saytimiz tomonidan tashkil etilayotgan "O‘zbekcha futbol" dasturining 2-sonida ishtirok etdi. Terma jamoaning Dubayda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan yig‘iniga bosh murabbiy Vadim Abramov tomonidan tanlangan qaydnoma xususida so‘ralgan savolga mutaxassis quyidagicha javob berdi:
"Men, tabiatan, murabbiylarning qaysidir o‘yin uchun tanlagan tarkiblarini muhokama qilishni yoqtirmayman. Abramov avvalroq, yosh va o‘rtamiyona darajadagi futbolchilardan ham yaxshi jamoa tuza olishini isbotlab bo‘lgan. Hozirgi pandemiya davrida, koronavirus sabab, juda ko‘plab chempionatlarda tushunarsiz vaziyatlar hukmronlik qilayotgan holatda terma jamoamizga, asosan, milliy birinchiligimizdan futbolchilar jalb etilgani yaxshi bo‘ldi.
Futbolchilarimizda vaziyat turlicha. Ayniqsa, legionerlarimiz o‘z klubida asosiy tarkib uchun kurash olib borayotgan paytda, bu kabi tanlovni to‘g‘ri qabul qilish mumkin. U tarkib uchun rasmiy va terma jamoa kelajagi uchun muhim bo‘lgan o‘yinlarda javob beradi", - dedi futbol sharhlovchisi.
Quyida ushbu ko‘rsatuvni to‘liq formatda tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar