Xayrulla Hamidov: 2004 yilda tug‘ilgan bolakay darvozabonimizning muammosini ko‘ra bildi

  • 27 mart, 2021, 15:55
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalist va futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov o‘z "You Tube" sahifasida O‘zbekiston - Gana uchrashuvi haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Gana B jamoasi bo‘lishiga qaramay, juda muhim masalada muammomizni ochib bera oldi. Abramovning peshonasiga mana shunday taqdir bitilgan, shekilli. Uzoqdan o‘tkazib yuborilgan gollar uning faoliyatida ko‘p uchraydi. Hattoki, u bosh murabbiy bo‘lgan paytlarda terma jamoamizning ishonchli posboni Nesterov bilan ham mana shunday gollar qo‘yib yuborganmiz. Ignatiyda faqat shu masalada muammo bor edi, boshqa jabhalarda u juda zo‘r darvozabon. 

2004 yilda tug‘ilgan Fatau darvozabonimizning muammosini ilg‘ay bildi. U birinchi taymda uzoqdan berilgan zarbalarga darvozabonimiz reaktsiyasini kuzatib o‘tirdi va maydonga tushgach, uning ojiz tomonidan foydalana oldi. Ganalik yosh futbolchi zarba yanada kuchliroq berilsa, darvozabon uni qaytara olmasligini bildi", - dedi Xayrulla Hamidov. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
28/03/2021 02:05
Ўша вазиятда дарвозабонимиз ҳақиқий қовунни тушрди. Бундай дарвозабон билан узоққа бориш қиен масала. Санжар Қувватовни устидан Ҳави кулган эди. Ҳудди шундай вазиятга ганалик йош футболчи давозабонимизни ожиз қолдирди. Лабановдек кулгига қолади бу кетишда посбон.
&
Bek 56
27/03/2021 19:22
16 ёшли бола мах,орат бобида катталарга дарс берибди к,ойил