
Xavi "Real" ustidan g‘alaba qozongandan keyin nimalar dedi?
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes o‘rtoqlik uchrashuvida "Real" ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.
Uchrashuv Las-Vegasdagi (AQSh) “Ellidjiant” stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yindagi yagona gol Kataloniya klubi a’zosi Rafinya tomonidan kiritildi.
"Umuman olganda, o‘yindan qoniqdim. Bizda ajoyib jamoa shakllanmoqda. "Real"ni mag‘lub etish har doim rohat bag‘ishlaydi. Birinchi bo‘limni ajoyib o‘tkazdik, ammo ikkinchi bo‘lim haqida bunday deya olmayman. Mavsumoldi tayyorgarlik davom etmoqda. Biz yaxshi mashg‘ulot o‘tkazmoqdamiz va bugun shunga yarasha o‘yin ko‘rsatdik.
O‘ylashimcha, biz “Real”dan yaxshiroq edik. Umuman olganda yaxshi futbol namoyish etdik. Ha, bugun g‘alaba qozondik, lekin asosiysi yangi mavsumda sovrinlarni yutish”, — dedi Xavi “Marca” nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati 12 avgust kuni "Osasuna" - "Sevilya" uchrashuvi bilan boshlanadi. 13 avgustda “ko‘k-anorranglilar” “Rayo Valekano”ni qabul qilsa, ertasi kuni Madrid klubi safarda “Almeriya”ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar