
Xavi nolishdan to‘xtamayotgan Pikeni gap bilan "savaladi"
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike joriy mavsum deyarli barcha uchrashuvlarni zaxirada boshlamoqda. Xavi ko‘proq yangi kelgan Kristensen hamda Kundega ishonch bildiryapti.
"SPORT" nashri bergan xabarga ko‘ra, ispaniyalik himoyachi kiyinish xonasida zaxirada qolib ketayotganidan noliyotgan paytda Xavi buni eshitib qolgan. 42 yoshli mutaxassis bunga javoban: "Bundan ham kamroq o‘ynash niyating bor, shekilli", - deya javob qaytargan.
Qayd etish lozim, Pike joriy mavsum barcha musobaqalarda 2 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar