
Xavi Messiga jamoasidan joy tayyorlab qo‘ydi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes PSJ hujumchisi Lionel Messining Kataloniyaga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Argentinalik futbolchining parijliklar bilan hamkorligi mavsum oxirida tugaydi. Leo hali kelajagi borasida yakuni qarorga kelgani yo‘q.
Yaqinda Leoning manfaatlarini himoya qilayotgan otasi Xorxe Messi PSJ bilan muzokara barbod bo‘lganidan keyin “Barselona” prezidenti Joan Laporta bilan uchrashgan edi. Tabiiyaki, suhbat jahon chempionining sobiq jamoasiga qaytishi haqida ham bo‘lgan.
- Leo “Barselona” uning uyi ekanini yaxshi biladi. Klub eshiklari u uchun har doim ochiq. Messi do‘stim va u bilan aloqani davom ettirib kelyapman. Uning qaytishi faqat o‘ziga va xohishiga bog‘liq masala.
Messi futbol tarizxidagi eng zo‘r o‘yinchi. Unga “Barselona” o‘yiniga moslashib ketish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi, - dedi Xavi Ernandes.
Fikrlar