
Xavi eng iqtidorli futbolchisidan ajralib qoladi
“Barselona” rahbariyati 17 yoshli yarim himoyachi Gaviga hali yangi shartnoma taklif qilgani yo‘q.
Shu bois, iste’dodli o‘yinchiga xaridorlar ko‘payib bormoqda. Xususan, “Liverpul” va “Chelsi” yosh o‘yinchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun jiddiy xarajatlarga tayyorligini bildirmoqda.
Mutaxassislar Gavining maydonni ko‘ra olish, uzoq masofalarga aniq to‘p etkazish, to‘pni oqilona nazorat qilish qobiliyatini alohida tilga olmoqda. Kataloniyaliklar bu o‘yinchini klubda chuqur iz qoldirgan pleymeykerlar – Xavi Ernandes va Andres Inestaga qiyoslashmoqda.
Bu mavsumda birinchi jamoaga qo‘shilgan Gavi shu kunga qadar 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va uchta golli uzatma qayd etdi. Shuningdek, u Evropa Chempionlar ligasida ham olti marotaba maydonga tushdi.
Fikrlar