
Shomurodovning bu galgi o‘yini ancha yuqori ballga loyiq ko‘rildimi?
Kecha Turkiya Superligasining 4-turidan o‘rin olgan "Karagumruk" - "Istanbul Bashakshehir" o‘rtasidagi bellashuv 2:0 hisobidagi mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mazkur to‘qnashuvda esa jamoa murabbiyi Eldor Shomurodovni asosiy tarkibda tashladi. Hamyurtimiz esa 85 daqiqa harakat qilganidan so‘ng zaxiraga olindi. Uning ushbu vaqt davomida qilgan harakatlarini esa bir necha mashhur portallar turlicha baholadi.
"Fotmob" vakilimizni 7.5 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Shomurodovga 6.3 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan "Flashscore" sayti esa hamyurtimizga 6.9 ball berdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya klubi navbatdagi uchrashuvini 21 sentyabr kuni "Alanyaspor"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar