Xabi Alonso bo‘lajak uchrashuv va ko‘plab futbolchilarning holati haqida gapirdi (matbuot anjumani)

  • 19 sentabr, 17:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Espanol"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etib, ko‘plab qiziqarli savollarga javob berdi.

Tecno

— "Espanol" bilan bahs haqida:

"Hozir raqib yaxshi formada. Bu og‘ir o‘yin bo‘ladi, chunki ular kuchli. Lekin biz uyda o‘ynaymiz va sifatli futbol ko‘rsatishimiz shart".

Xabi Alonso, head coach of Real Madrid, attends his press conference during the training day of Real Madrid ahead the Spanish League, LaLiga EA...

— Mbappe yagona muhim futbolchimi?

"Yo‘q. Bizda ko‘p o‘yinlar bor va tabiiyki, u ba’zilarini o‘tkazib yuboradi. Hech kim barcha o‘yinlarda qatnasholmaydi. U juda muhim, lekin doimiy ravishda asosiy tarkibda bo‘lmaydi".

Kylian Mbappe during the Real Madrid training session ahead their upcoming Spanish League, LaLiga EA Sports, football match against RCD Espanyol de...

— Xausenning diskvalifikatsiyasi haqida:

"Rostini aytsam, hayratda qolmadim. Boshqacha natija bo‘lishini istardim, ammo qoida buzilsa, oqibatlari bo‘lishi shart. Qoidalar shunday".

Dean Huijsen of Real Madrid looks on prior to the UEFA Champions League 2025/26 League Phase MD1 match between Real Madrid C.F. And Olympique de...

— Vinisius motivatsiyasini yo‘qotdimi?

"Yo‘q, u bilan hammasi yaxshi. Kecha gaplashishga to‘g‘ri vaqt bo‘lmadi. Bugun muloqot qilib, birga mashg‘ulot o‘tkazdik".

Vinicius Junior during the Real Madrid training session ahead their upcoming Spanish League, LaLiga EA Sports, football match against RCD Espanyol de...

— Fedega pozitsiyasi haqida suhbat:

"G‘oya shundaki, u yarim himoyada o‘ynashi kerak. U erda jamoaga ko‘proq yordam beradi. Ammo futbolda nimalar bo‘lishini oldindan bilmaysan".

Fede Valverde of Real Madrid during the La Liga EA Sports match between Real Oviedo and Real Madrid played at Carlos Tartiere Stadium on August 24,...

— Bellingem va Kamavinga tayyormi?

"Ularning o‘ynash ehtimoli bor, garchi oz mashq qilishgan bo‘lsa ham. Holatga qarab baholaymiz".

Jude Bellingham during the Real Madrid training session ahead their upcoming Spanish League, LaLiga EA Sports, football match against RCD Espanyol de...

— Nima kutmoqdasiz?

"Oxirgi o‘yinlarda ko‘p narsa kartochkalar yoki holatlarga bog‘liq bo‘ldi. Ertaga ko‘proq nazoratga ega bo‘lishga umid qilaman. Kreativlik va barqarorlikni ko‘rishni xohlayman — bu xatolar va ortiqcha bosimni kamaytiradi".

— Rodrigo va Vinisiusni solishtirish:

"Rodrigoda sifat, uzatish va hamkorlik bor. Vinida ham shu narsalar mavjud. U asosiy tarkibda bo‘ladimi yoki zaxiradan tushadimi — ta’siri doimo katta".

Vinicius Junior of Real Madrid enters the pitch as a substitute to replace Rodrygo during the UEFA Champions League 2025/26 League Phase MD1 match...

— Kamavinga qaerda o‘ynashi kerak?

"Yarim himoyada. Federikodek u ham universal, lekin markazda u eng samarali. Hozir asosiy tarkibda mustahkamlanishi zarur".

Kylian Mbappe, Eduardo Camavinga and Brahim Diaz during the Real Madrid training session ahead their upcoming Spanish League, LaLiga EA Sports,...

— O‘zini murabbiy sifatida baholash:

"O‘zimni ta’riflashga odatlanmaganman. Men faqat murabbiyman. Yaxshimi yomonmi — bunga sizlar baho bering".

— Vinisiusning diqqati va jamoa haqida:

"Bizda ko‘p muhim futbolchilar bor: Vinisius, Jud, Fede, Orelen, Din, Arda. Har biri juda qimmatli. Ular o‘zlarini jamoa ularga muhtojligini his qilishlari kerak. Biz birgalikda olg‘a yurishga majburmiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!