
Xavi derbidagi durangdan so‘ng hakamlik haqida fikr bildirdi
Ispaniya La Ligasi 15-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Espanol" uchrashuvidan (1:1) keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Tempni tushirdik, xatolar qildik hamda vaziyatlardan foydalana olmadik. Bu bizning aybimiz. O‘yin taqdirini ertaroq hal qilishimiz lozim edi. Bugun ikki ochko yo‘qotdik.
Bosh hakam Mateo Laos odatda bosiqlik bilan ishlardi, bahsning borishini nazorat qilardi, lekin bugun u boshqaruvni qo‘ldan chiqardi. Unga bu haqda aytdim. Laos kartochkalarni mantiqsizlik bilan ko‘rsatdi.
Referi xotirjam va sovuqqon bo‘lishi lozim. Aslida, u shunday ishlardi, ammo bugun emas. O‘yin tizgini qo‘ldan chiqib ketdi. Lekin men ochko yo‘qotganimizda uni aybdor deb hisoblamayman. Barchasi o‘zimizning qo‘limizda edi",-deya fikr bildirdi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, bosh hakam mazkur to‘qnashuvda har ikki jamoaning bir nafardan futbolisiga qizil kartochka ko‘rsatdi.
Fikrlar