
Xavi "Barsa" prezidentiga katta va’da berib yubordi
"Barselona" Evropa ligasiga tushib ketganidan keyin klubda muhim voqealar sodir bo‘ldi.
Jurnalist Xavi Migelning yozishicha, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi klub prezidenti Joan Laportaga bir yildan so‘ng “Barselona” “Bavariya” bilan tenglashib borishini va buning amalga oshishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini va’da qilgan.
Manbaga ko‘ra, Laporta, o‘z navbatida, elitaga erta qaytish uchun barcha zarur qo‘shimcha kuchlarni olib kelishga va’da bergan. Murabbiy ham, prezident ham “Barselona” hozir Evropa grandlari bilan raqobatlasha olmasligini tan olgan.
Fikrlar