
Xavi: "Ayntraxt" maydonida to‘p yaxshi harakat qilmadi, "Kamp Nou"da hammasi boshqacha bo‘ladi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Evropa ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan "Ayntraxt"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, u Frankfurtdagi stadion borasida ham gapirib o‘tdi.
"Raqib yaxshi himoyaviy o‘yin qurdi. Biz ba’zi lahzalarda qanday hujum qilishni bilmay qoldik.
Maydonda to‘p yaxshi harakat qilmadi. Chimning holati "Kamp Nou"dagi kabi sifatli emas edi. Kataloniyada hammasi boshqacha bo‘ladi. Maydon kabi natija ham biz o‘ylagandek ajoyib bo‘ladi.
"Ayntraxt"ga muxlislar katta yordam berdi. O‘z uyida ularni mag‘lub etish nega qiyin ekanini qisman tushunib etdim", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar