Xames Rodriges argentinalik murabbiy qo‘l ostida futbol o‘ynashni istaydi

  • 27 may, 2020, 15:46
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Madridning yana bir jamoasi "Atletiko"da davom ettirish istagi borligini aytdi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Tecno

Kolumbiyalik xavbekning "matraschilar" safiga o‘tishni xohlashining sababi bu jamoani boshqarayotgan Diego Simeone ekan. Xamesni Simeonening faoliyati hayratga soladi. Shu sabab u argentinalik murabbiy bilan birga ishlash niyatida.

Rodrigesga Angliyadan "Everton" va "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. Ammo futbolchi "Atletiko"ni afzal biladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!