
WBO yanvar oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. O‘zbekistonlik bokschilar qaysi o‘rinlarni band etgan?
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan, Butunjahon boks tashkiloti (WBO) yanvar oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, reytingdan ikki nafar bokschimiz o‘rin olgan. Jumladan, super engil vazn toifasidagi vakilimiz Shohjahon Ergashev reytingning 11-o‘rnida qayd etilgan bo‘lsa, o‘ta engil vazn (50.8 kg) toifasida WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov esa reytingning ettinchi pog‘onasini band etgan.
Reytingdan boshqa bokschilarimiz o‘rin olmagan.
Fikrlar