
WBA yangi reytingida Murodjon Ahmadaliev peshqadamlikka qaytdi. Shahram va Shohjahon pastladi
Butunjahon boks assotsiatsiyasi WBA professional bokschilarning oktyabr oyi uchun reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.
Unda o‘zbekistonlik bokschilarning ikki nafari pastlagan bo‘lsa, bir nafari ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. Yana bir bokschi esa o‘z o‘rinini saqlab qoldi.
Jumladan, ikkinchi yarim engil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliev (7-0, 6 KO) bir necha oylik tanaffusdan so‘ng majburiy da’vogar sifatida o‘zi vazn toifasining peshqadamiga aylandi. Mazkur yo‘nalishning vaqtinchalik chempioni (WBA da vaqtinchalik chempion statusidan qat’iy nazar reytingda birinchi o‘rinda bo‘ladi) Brendon Figeroa (20-0, 15 KO) WBA tomonidan Regular chempion deb e’lon qilindi. Daniel Roman (27-2-1, 10 KO) esa super chempionga aylantirildi. Natijada Ahmadaliev birinchi o‘ringa qaytdi.
Super engil (63,5 kg) vazn toifasi vakillari Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) va Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) esa o‘tgan oyga nisbatan bir yo‘la ikki pog‘ona pastlashga majbur bo‘lishdi. Endilikda Ergashev oltinchi, G‘iyosov ettinchi o‘rinni egallab turibdi.
Super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (4-0, 4KO) esa 6-o‘rinda qolgan.
Reytingda o‘zbekistonlik boshqa sportchilar o‘rin olmagan.
Fikrlar