"Vulverxempton" jahon chempioni uchun xaridor

  • 8 sentabr, 2020, 00:59
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vulverxempton" "Atletiko" futbolchisi Toma Lemar uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqida AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

24 yoshli xavbek 2018 yilda madridliklar safiga qo‘shilgan edi. Ammo Lemar o‘zi uchun to‘langan 70 mln evroni oqlay olmadi va "matraschilar" undan tezroq qutilish niyatida uning transfer narxini biroz pasaytirdi.

"Bo‘rilar" maydon markaziga klub falsafasiga mos keluvchi futbolchi olib kelmoqchi. Shu sababli, 2018 yil jahon chempionligini qo‘lga kiritgan yarim himoyachi transferi tez orada amalga oshishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!