
Vinus Uilyams Rimda singlisini kutmoqda
Amerikalik Vinus Uilyams Rim shahrida o‘tayotgan "Premera" turkumidagi musobaqaning ikkinchi davrasiga yo‘l oldi.
Vinus ilk bosqichda belgiyalik Elize Mertens bilan uch set davomidan kurash olib bordi. Keskin va murosasiz o‘tgan ushbu o‘yinda Uilyams 7:5, 3:6, 7:6 hisobida g‘olib bo‘ldi.
Endi "Internazionali BNL D'Italia"ning ikkinchi davrasida dunyo tennis ixlosmandlari opa-singil Uilyamslar bahsiga guvoh bo‘ladi.
Fikrlar