
"Vilyarreal" futbolchisi tarixga kirdi
"Vilyarreal" yarim himoyachisi Yeremi Pino o‘z ismini Evropa ligasi tarixiga yozdirib qo‘ydi.
"Sariq suv osti kemasi" fubolchisi ushbu musobaqada g‘alaba qozongan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirdi. Pino kubokni boshi uzra ko‘targan paytda 18 yosh 218 kunlik edi. Bu yangi rekord hisoblanadi.
“Vilyarreal” “Manchester Yunayted”ga qarshi bo‘lib o‘tgan finalda penaltilar seriyasida 11:10 hisobida g‘alaba qozondi o‘z tarixida ilk bor ushbu musobaqada g‘olib bo‘ldi.
Yeremi Pino joriy mavsum “Vilyarreal” safida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar