
"Vilyarreal" - "Atalanta" uchrashuvida jangovar durang qayd etildi (video)
UEFA Chempionlar ligasi "F" guruhi 1-turida “Atalanla” “Vilyarreal” maydoniga safar qildi.
Ispaniyada kechgan o‘yin murosasiz va gollarga boy kechdi. Bahs 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. Shu kuni mezbonlar safida Manuel Trigeros (39') va Arno Danjuma (73'), mehmonlar safida esa Remo Froyler (6') va Robin Gosens (83') gol muallifi bo‘ldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar