
Villianni o‘z safiga qo‘shib olgan "Arsenal" "Chelsi"ning yana bir futbolchisini mo‘ljalga oldi
"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino amaldagi transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Sky Sports nashrining bergan xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining xizmatlariga "Arsenal" tomonidan qiziqish bo‘lmoqda.
Shu qatorda, "kanonirlar" "Atletiko" yarim himoyachisi Tomas Parti va "Lion" a’zosi Ussem Auarga bo‘lgan qiziqishini ham saqlab qolmoqda.
Jorjino APLning joriy mavsumida 2 ta bahs o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol va bitta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar