
Viktor Osimhen "Galatasaroy"ga o‘tishi mumkin
"Galatasaroy" Italiyaning "Napoli" klubi bilan Viktor Osimxenning ehtimoliy transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Ikkala tomon ham futbolchi ijarasi eng ma’qul variant deb baholamoqda.
Turk klubi tahminan bir oyni o‘tkazib yuboradigan Mauro Ikardining jarohati tufayli ushbu transfer bo‘yicha muzokaralarni kuchaytirdi.
Shuningdek, Ikardi qaytganidan so‘ng Osimxen ham klubda qolib, ikki hujumchi bilan o‘ynash sxemasiga harakat qilishi mumkinligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Viktor Osimhen avvalroq "Chelsi"ga o‘tmagan edi. Shundan so‘ng Neapol klubi forvardni A seriyadagi mavsum uchun qaydnomadan chiqarib tashladi.
Fikrlar