
Vetnam Tailanddan 2-o‘rinni tortib oldi va pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi (turnir jadvali)
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida 3-tur bahslari davom etmoqda.
"C" guruhi ishtirokchilari Vetnam hamda Malayziya bellashuvida nominal mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda gollarga Nam Man Dung va Bui Viet Ang mualliflik qildi.
Shu tariqa, vetnamliklar 5 ochko bilan guruhda 2-o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Malayziya umuman ochko to‘play olmadi.
Fikrlar