
Vaut Fasning ikki avtogoli “Liverpul”ga 3 ochko taqdim etdi
Premer-Liganing 18-turidan o‘rin olgan “Liverpul” – “Lester” uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.
O‘iynda “tulkilar” birinchi bo‘lib hisobni ochdi. 4-daqiqada Dakaning pasidan keyin Dyusberi-Xoll tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 38-daqiqada “Lester” himoyachisi Vaut Fas avtogol urib, hisobni tenglashtirdi. Oradan 7 daqiqa o‘tar-o‘tmas himoyachi o‘z darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol qildi. Hisob 2:1.
Shu tariqa, “Liverpul” turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Lester Siti” esa 13-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar