Vardi APLda "qariyalar" orasida rekord o‘rnatdi

  • 2 mart, 2022, 10:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lester" hujumchisi Jeymi Vardi kecha premer-liganing 22-tur qoldirilgan o‘yinida "Byornli" (2:0) darvozasini ishg‘ol qildi.

Tecno

ESPN xabariga ko‘raa, 35 yoshli hujumchi shu tariqa 30 yoshga to‘lganidan beri APLda kiritgan gollari sonini 94 taga etkazib oldi.

Vardi bu borada Yan Raytning rekordini takrorladi. "Arsenal" va "Vest Xem" klublarining sobiq futbolchisi hisobida 93 ta gol mavjud edi.

"Nyukasl"ning sobiq futbolchisi Alan Shirer esa APLda ushbu yoshga bog‘liq to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. U 30 yoshdan keyin chempionatd 84 ta gol urgan.

Vardi joriy mavsum APLda jami 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!