
Vardi APLda gol urish bo‘yicha Azar va Torresni ortda qoldirdi
"Lester" hujumchisi Jeymi Vardi bugun APLning 9-turidan o‘rin olgan "Byornli"ga (2:1) qarshi o‘yinda gol urishga erishdi.
Coral nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bu 32 yoshli angliyalik futbolchi uchun premer-ligadagi 86-gol bo‘ldi. Shu tariqa u bu borada Eden Azar (85) va Fernando Torres (85) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Vardi “Lester” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 10ta o‘yinda ishtirok etdi va 6 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar