"Paxtakor"da nimalar bo‘lmoqda?

  • 5 may, 21:37
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum natijalaridan keyin "Paxtakor" joriy mavsum oldidan katta maqsadlar va rejalarni o‘z oldiga qo‘ydi. Yangi murabbiy olib kelindi, yangi transferlar, futbolchilar bilan yangi shartnomalar tuzildi. Ammo Superligada 8-turdan so‘ng "sherlar" 5 mag‘lubiyat bilan 11-o‘rinda boryapti. Farg‘onada "Neftchi"ni, Toshkentda esa "Al-Hilol"ni yutganiga qaramay, Pedru Morreyrani ketishini istagan muxlislar ham kam emas.

Tecno

So‘nggi soatlardagi asosiy mavzu portugaliyalik murabbiy haqida bo‘ldi. Uning iste’foga chiqarilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Sports.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, hali Pedru rasman jamoani tark etgani yo‘q. Uning ishi vaqtinchalik to‘xtatilgan va kelajagi tez orada ma’lum bo‘ladi. "Paxtakor" tomoni uni bir oylik ta’tilga chiqqanini aytmoqda. 

Morreyraning "sherlar" bilan shartnomasi borligi haqida ham unutmaslik kerak. Bunday paytda u bitimni bekor qilishi qiyin masala va shartnoma bir tomonlama bekor qilinsa, klub kompensatsiya, yoki murabbiyning qolgan maoshini to‘lashi kerak bo‘ladi. O‘tgan yili dekabrda 1+1 ko‘rinishida tomonlar kelishib olishgandi. 

Morreyradan keyin "Paxtakor"ni kim boshqarishi ham qiziq. Ayni paytda jamoani keyingi o‘yinlarga Kamoliddin Tojiev tayyorlamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Qaxramonjon
05/05/2025 22:12
Португалиялик тренер эмас айрим нопок судьялар билан уртакашлар кетса Суперлигада пахтакор уз-узидан йуколиб кетади