Husanovni zaxiraga “mixlagan” o‘yinchi xushxabar oldi!

  • 5 may, 07:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abdqodir Husanov tufayli o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarining aksariyati “Manchester Siti”ga muxlislik qilmoqda.

Tecno

Sports.uz  portali bu omilni hisobga olib, hamyurtlarimiz e’tiboriga Xosep Gvardiola jamoasiga tegishli ma’lumotlarni berib borishni davom ettiradi.

Marhamat yangi xabarlar bilan tanishing.

Husanov jamoasiga “Real”dan superyulduz keladi

“Real” rahbariyati joriy mavsum yakunlanganidan keyin “Manchester Siti” anchadan beri qiziqish bildirib kelayotgan hujumkor futbolchi Rodrigo Goesni sotib yuborishga qaror qildi.

So‘nggi ikki mavsumda jamoa safiga Jud Bellingem va Kilian Mbappe kabi mahoratli o‘yinchilar qo‘shilganidan keyin Rodrigo ikkinchi planga o‘tib qoldi. Ayni paytda ko‘pchilik madridliklarning hujum chizig‘ini Mbappe, Bellingem va Vinisius Juniorsiz tasavvur qila olmaydi.

Relevo nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, “Qirollik klubi” Rodrigo transferi bo‘yicha 100 million evrodan boshlangan takliflarni ko‘rib chiqishsha tayyor.

“Shaharliklar” 24 yoshli universal hujumchini qo‘lga kiritish uchun “Arsenal” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Rodrigo ayni paytda Karlo Anchelotti o‘rniga tayinlanishi rejalashtirilayotgan Xabi Alonsoning kelishini kutmoqda. Agar yangi murabbiy ham unga asosiy tarkibdan joy kafolatlamasa, jamoasini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi.  

Kevin de Bryuyne jarohat olishdan qo‘rqyapti

“Manchester Siti”dagi so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan Kevin de Bryuyne FIFA tomonidan yangi formatda tashkil etilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishni istamayapti.

Bu turnir 15 iyundan 13 iyulga qadar AQSh maydonlarida bo‘lib ztadi.

Taniqli jurnalist Jeremi Krossning ma’lum qilishicha, 33 yoshli pleymeyker yozda o‘ziga yangi jamoa topishni rejalashtirgan va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida kutilmagan jarohatlarga yo‘liqmaslik uchun ham “shaharlikar”ga yordam bermoqchi emas.

Angliya Premer-ligasining so‘nggi turida 25 may kuni “Fulxem”ga qarshi o‘tkaziladigan bahs Kevin de Bryuynening “Manchester Siti” safidagi oxirgi o‘yini bo‘lishi kutilmoqda.

Mashhur pleymeykerning o‘zi hali bu masalani klub bilan oxirigacha muhokama qilmaganini aytdi.

-  Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati  masalasini hali klub bilan to‘liq muhokama qilganim yo‘q. Shu bois, hozirdan aniq mal’umot aytolmayman. Klub muhokamaga chaqirsa, gaplashib ko‘rishga tayyorman, lekin ish bunaqa bo‘lishiga ishonchim komil emas, - dedi Kevin de Bryuyne.

Husanovni “sindirgan” o‘yinchi xushxabar oldi

“Manchester Siti” rahbariyati yosh iste’dod sohibi Niko O’Rayli bilan tez kunlarda yangi shartnoma tuzish bo‘yicha bir qarorga keldi.

20 yoshli futbolchi 30 mart kuni Angliya kubogi doirasida “Bornmut”ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Abduqodir Husanov o‘rniga maydonga tushgan va bahs davomida ikkita golli pas uzatib, jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan edi.

Nikoning ishonchli o‘yinlari tufayli Abduqodir Husanov asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi. Yaqinda Xosep Gvardiola ham o‘zbek futbolchisining maydonga tushirilmayotganini tarkibda undan yaxshi o‘ynayotgan ijrochilar borligi bilan izohladi.

E’tiborli jihati shundaki, Gvardiola Husanov “Bornmut”ga qarshi o‘yinning 37-daqiqasida sariq kartochka olgani uchun uni tanaffusda zaxiraga olib, o‘rniga Niko O’Raylini tushirishga qaror qilgandi. Niko ana shu vaziyatdan juda unumli foydalanib qoldi.

Asli yarim himoyachi bo‘lgan Niko to‘liq chap qanotni egalladi. Chap qanot himoyasida o‘ynab kelgan Yoshko Gvardiol himoya markaziga – Abduqodir Husanovning o‘rniga o‘tdi. Legionerimiz esa, bir oydan beri maydonda ko‘rinish bergani yo‘q.

Niko O’Rayli joriy mavsum Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va UEFA Chempionlar ligasida 17 ta o‘yinda qatnashib, beshta gol va ikkita assist qayd etdi. Bu ko‘rsatkichlar klub xo‘jayinlari tomonidan e’tiborsiz qolmadi.

“Manchester Siti” Nikoning 2028 yilning yarmigacha tuzilgan shartnomasini yana ikki yilga uzaytiradigan bo‘ldi. Tabiiyki, futbolchining maoshi miqorida ham katta o‘zgarish bo‘ladi.

G‘alabaga ulkan hissa qo‘shgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov – “avliyo”! Eldorning gaplari to‘g‘ri chiqdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!