Shomurodov “Roma”ning “top-5”dagi tarixiy rekordini ta’minlab berdi!

  • 5 may, 08:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionatni juda og‘ir boshlagant “Roma” mavsumning hal qiluvchi pallasiga kelib, Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun da’vogarga aylandi.

Tecno

Rimliklar 35-turda “Fiorentina”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu gal ham Eldor Shomurodov yagona golga assistentlik qildi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida uning bosh bilan uzatgan to‘pini Artyom Dovbik David de Xea darvozasiga joyladi.

O‘zbek hujumchisi ishtirok etgan aynan mana shu gol “Roma” uchun o‘ta ahamiyatli bo‘lib chiqdi va ikkita rekord keltirdi.

Birinchi rekord – Evropa top-chempionatlari miqyosida qayd etildi. “Roma” joriy mavsum davomida to‘qqiz marotaba 1:0 hisobida zafar quchdi. Shu g‘alabalardan sakkiztasida Klaudio Raneri boshqaruvida, bittasi avvalgi bosh murabbiy Ivan Yurich davrida qo‘lga kiritildi.

Opta statistika markazining ma’lum qilishicha, Evropaning eng kuchli besh chempionatida hali hech bir jamoa bu mavsum to‘qqiz marotaba 1:0 hisobida g‘alaba qozona olgani yo‘q.

Bundan tashqari, rimliklarning 2024 yilning dekabridan boshlangan mag‘lubiyatsiz seriyasi 19 ta uchrashuvga etdi. “Bo‘rilar” hozirgacha 14 ta bellashuvda g‘olib chiqib, besh bor durang o‘ynagan. Bu ko‘rsatkich ham “top-5” ligalari uchun mavsum rekordi hisoblanadi. Italiya, Angliya, Frantsiya, Germaniya va Ispaniya chempionatlarining qolgan gigantlari ham bunaqa seriya namoyish etolgani yo‘q.

Eldor Shomurodov bevosita ishtirok etayotgan bu g‘alabalar tufayli “Roma”ning 1:0 hisobi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichi ichki chempionatda ham yuqori darajaga etdi.

Eldor 33-turda “Verona” darvozasini ishg‘ol qilib, kichik hisobdagi g‘alabalar soni bo‘yicha “Roma” uchun mavsum rekordini o‘rnatgandi. Bu raqam ettitani tashkil qilgandi.

Poytaxt “bo‘rilari” keyingi ketma-ket ikkita uchrashuvda ham shu hisobda zafar quchdi. Eng e’tiborli jihati shundaki, “Inter” va “Fiorentina”ga qarshi o‘tkazilgan bu bahslarda Matias Sule va Artyom Dovbikningbittadan  g‘alaba goliga aynan o‘zbek futbolchisi assistentlik qildi.

35-tur yakunlariga kelib, bir gol evaziga g‘alaba qozonish bo‘yicha “Roma”dan keyingi o‘rinlarni chempionat peshqadami “Napoli” (etti marta 1:0 hisobida zafar quchgan) hamda “Fiorentina” (beshta minimal g‘alaba) egallab turibdi.

Shu tariqa, “Roma”ning mavsumdagi 1:0 g‘alabalari soni to‘qqiztaga etdi. Bu qariyb yarim asr muqaddam o‘rnatilgan rekordning takrorlanishi bo‘ldi.

1965-1966 yillarda Orontso Puleze va 1974-1975 yillarda Nils Lidxolm bosh murabbiylik qilgan davrda rimliklar to‘qqiztadan uchrashuvni minimal hisobdagi g‘alaba bilan yakunlagan. Yana uchta mavsumda sakkiz martadan 1:0 hisobi kuzatilgan.

Endi rimlik charm to‘p ustalari bu ko‘rsatkich bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatishi uchun “Atalanta”, “Milan”, “Torino” bilan bo‘ladigan oxirgi uchta bahsdan bittasida 1:0 hisobida zafar quchishi kifoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsum A Seriya o‘yinlarida 24 marotaba maydonga tushib, “Empoli”, “Montsa”, “Yuventus” va “Verona” jamoalari darvozalarini ishg‘ol qilgan. Shuningdek, “Bolonya”, “Montsa”, “Inter” va “Fiorentina”ga qarshi bahslarda jamoadoshlariga golli pas uzatgan.

Husanovni zaxiraga “mixlagan” o‘yinchi xushxabar oldi!

G‘alabaga ulkan hissa qo‘shgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Raneri Shomurodov haqida jiddiy gaplarni aytdi!

Shomurodov urgan golning qiymati baland bo‘lib chiqdi!

Fayzullaev TsSKAdan ketishi haqida gapirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азиз Султанов
05/05/2025 17:29
гап йук, молодец !
&
Po`lat Polvonov
05/05/2025 09:03
Ассалому алейкум... Баракалла Элдор хамиша омадингни барсин Олга Узбекистон