VAR va AVAR hakamlari uchun FIFA seminari bo‘lib o‘tadi

  • 18 iyun, 14:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2025 yil 21–25 iyun kunlari Toshkent shahrida FIFA va OFK hamkorligida Superliga bahslarida faoliyat yuritayotgan VAR va AVAR hakamlari uchun FIFA seminar bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Seminarda 27 nafar erkak hakam (16 nafar VAR va 11 nafar AVAR) ishtirok etadi.

Dastur doirasida ishtirokchilarning jismoniy holati baholanadi, futbol qoidalari bo‘yicha nazariy bilimlari yangilanadi, videolavhalar asosida tahliliy mashg‘ulotlar va futbol maydonidagi amaliy mashqlar o‘tkaziladi.

26–30 iyun kunlari Toshkent shahrida ayol hakamlar uchun mo‘ljallangan alohida seminar tashkil etiladi.

Ushbu seminarda 24 nafar ayol hakam (8 nafar VAR, 11 nafar yordamchi hakam va 5 nafar "Hakamlar akademiyasi" o‘quvchilari) ishtirok etadi. Unda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, jismoniy holatni baholash va videoanaliz asosidagi o‘quv darslari o‘tkaziladi.

Seminar FIFA va OFK instruktorlari — Ali Al Tarifi va Anastasiya Pustovoytva tomonidan olib boriladi. FIFA tomonidan kuzatuvchisi sifatida  Muhammad Rodzali Yaqub ishtirok etadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!