
VAR litsenziyasi uchun seminar davom ettirildi
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston futbol hakamlari markazida VAR (AVAR) litsenziyasi uchun ikkinchi bosqich seminari o‘tkazildi.
Bugungi seminarning birinchi qismida hakamlar va nazoratchilar guruhlarga bo‘lingan holda taqdim etilgan roliklarni muhokama qilib, o‘z qarorlarini sinovdan o‘tkazib oldi. Shuningdek, FIFA instuktorlari tomonidan VAR tizimiga oid bo‘lgan qo‘shimcha nazariy bilim va ko‘nikmalar berildi.
Seminarning ikkinchi qismida nomzodlar yozma va video test topshirdi. Navbatdagi seminar 2023-yilning yanvar oyida nomzodlar bevosita VAR tizimida o‘zlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Manba: O‘zFHM matbuot xizmati.
Fikrlar